O‘zbekiston | 11:09 / 05.02.2024
8852
1 daqiqa o‘qiladi

2024 yilda davlat bog‘chalari quvvati 10 ming o‘ringa oshiriladi

O‘zbekistonda maktabgacha ta’limda qamrov 74 foizga yetgani qayd etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari maktabgacha va maktab ta’limidagi ishlar ahvolini tahlil qilib, kelgusi rejalarni belgilab berdi.

Ma’lum qilinishicha, islohotlar natijasida maktabgacha ta’limda qamrov 74 foizga yetgan. 2016 yilda bu ko‘rsatkich 27 foiz edi. Bu yil davlat bog‘chalari quvvati yana 10 ming o‘ringa, xususiy bog‘chalarda 50 ming o‘ringa oshiriladi.

Yig‘ilishda ba’zi chekka qishloqlarda bog‘cha hali yo‘qligi sababli hamma bolalar ham maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan, ayrim tumanlarda bog‘cha yetarli bo‘lishiga qaramay, qamrovi o‘tgan yilga nisbatan biroz kamaygani qayd etildi. Xususiy bog‘chalarda bolalar hisobini yuritish raqamlashtirilmoqda, lekin davlat bog‘chalarida bu jarayon hali boshlanmagan.

Shu munosabat bilan Maktabgacha ta’lim agentligiga bog‘chalarda budjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha tizim yaratish topshirildi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid