O‘zbekiston | 09:23 / 08.02.2024
7245
2 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan

Hozirda dovon yo‘lini qordan tozalash ishlari olib borilmoqda. FVV va tegishli xizmatlar tomonidan yo‘lda qolib ketgan haydovchi va yo‘lovchilarga yordam ko‘rsatilgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Qalin qor yog‘gani sababli 8 fevral kuni soat 00:50 dan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Dovon qayta ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi ma’lum qilindi.

Qo‘shimcha qilinishicha, dovonda tuni bilan qalin qor yog‘gan vaqtda FVV va tegishli xizmatlar hamkorligida nazorat tadbirlari olib borilib, yo‘lda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalari, shuningdek, yo‘lovchilarga yordam ko‘rsatilgan. Shu bilan birga haydovchi va yo‘lovchilarning isinishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida yo‘l chetlarida issiq ovqat, choy va kofelar tayyorlanib, tarqatilgan.

Oldinroq O‘zgidromet 7-8 fevral kunlari A-373 Toshkent—O‘sh avtoyo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi natijasida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkinligini aytgandi

Mavzuga oid