O‘zbekiston | 09:02 / 09.02.2024
12346
2 daqiqa o‘qiladi

Norin daryosi ustiga uzunligi qariyb 500 metr bo‘lgan ko‘prik quriladi

2024 yilda bunyod etilishi kutilayotgan ko‘prikning loyiha qiymati 53,6 mlrd so‘mga teng.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Uychi tumani orqali Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarini viloyat markazi bilan bog‘lovchi yangi yo‘l va Norin daryosi ustiga ko‘prik qurilmoqda. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Uychi tumanidagi o‘rganishlari jarayonida umumiy uzunligi 17.5 km.ni tashkil etuvchi mazkur loyiha taqdimoti bilan tanishgan.

Respublika yo‘l qurilish direksiyasi buyurtmachiligida bosh pudratchi “Toshkent ko‘priklardan foydalanish” DUK tomonidan Norin daryosi ustiga 2024 yilda qiymati 53,6 mlrd so‘mlik 482 metr uzunlikda ko‘prik quriladi. Jami obekt qiymati 184,9 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, mazkur loyiha orqali Uychi, Norin tumanlarida transport tirbandliklari va kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, 100 dan ziyod MFYlarda yashovchi 450 ming aholi va 100 dan ortiq tadbirkorlik sub’yektlariga yanada qulaylik yaratish maqsad qilingan.  

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid