Iqtisodiyot | 12:08 / 20.02.2024
5657
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 4 davlat bilan iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqchi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Kampala shahrida Angola, Qatar, BAA va Hindiston delegatsiyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: «Dunyo» AA

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qo‘shilmaslik harakatining Kampala shahrida (Uganda) bo‘lib o‘tgan 19-sammiti doirasida Angola tashqi ishlar vaziri Tete Antonio, Qatar Davlati tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad Al-Murayxiy, Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar davlat vaziri Xalifa Al-Marar va Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sanjay Verma bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston bilan ushbu davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning hamda ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish, O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Uganda poytaxtida Qo‘shilmaslik harakatining vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi.

Mavzuga oid