Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahrom A’loyev Pokiston elçisi Ahmad Faruk bilan uçraşdi.

«Dunyo» xabariga köra, muloqot davomida Özbekiston–Pokiston strategik şerikligini yanada rivojlantiriş, köp qirrali hamkorlikni, birinçi navbatda, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-kommunikatsiya sohalarida rivojlantiriş istiqbollari körib çiqildi.

Ikki tomonlama va köp tomonlama şakldagi bölajak tadbirlar jadvali va taşkiliy jihatlari muhokama qilindi.