Osiyoda hamkorlik muloqoti taşqi işlar vazirlari kengaşining 19-yiğilişi doirasida Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahrom A’loyev boşçiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri örinbosari Valid bin Abdulkarim al-Xorijiy, Qatar taşqi işlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy, Hindiston taşqi işlar vaziri örinbosari Şri Dammu Ravi va BAA taşqi işlar böyiça davlat vaziri Ahmad bin Ali Al Sayeg bilan alohida uçraşuvlar ötkazdi.
TIV ma’lumotiga köra, muloqotlarda Özbekiston bilan uşbu davlatlar örtasidagi siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar taşqi işlar vazirliklari örtasidagi aloqalarni faollaştiriş, iqtisodiy diplomatiyani şakllantiriş va mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlaş böyiça bir qator aniq takliflarni körib çiqdilar.

















