O‘zbekiston | 14:44 / 23.02.2024
2736
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va Ispaniya mis sanoatini rivojlantirishda hamkorlik qilishni boshlaydi
Madrid shahrida tog‘-kon va mis sanoatini rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
O‘zbekiston elchisi Farrux Tursunov Madrid shahrida xalqaro konsultant Fransisko Igualada bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida Fransisko Igualada O‘zbekiston mis sanoati katta salohiyatga ega ekanligi, shuningdek, uranning katta zaxiralari tufayli mamlakat xorijiy investorlarda katta qiziqish uyg‘otayotgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Suhbat yakunida O‘zbekistonda tog‘-kon va mis sanoatini rivojlantirish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
20:24 / 14.12.2024
Qaysi mamlakat iqtisodiyoti 2024 yilda eng yaxshi natijalarga erishdi?
13:54 / 12.12.2024
Gazprombankka qarshi sanksiyalar O‘zbekiston mis sanoati rivojini xavf ostiga qo‘yadi - The Diplomat
09:55 / 11.12.2024
O‘zbekiston ichki bozorda 300 ming tonnagacha misni qayta ishlashni mo‘ljallamoqda
10:20 / 14.06.2024