AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan mis importiga 50 foizlik bojlar 1 avgustdan kuçga kiradi. «Men 2025 yilning 1 avgustidan boşlab misga 50 foizlik boj joriy etilişini e’lon qilaman, bu milliy xavfsizlik işonçli baholanganidan keyin böladi», dedi Tramp özining Truth Social Media ijtimoiy tarmoğida.
Uning ta’kidlaşiça, mis yarimötkazgiçlar, samolyotlar, kemalar, öq-dorilar, akkumulyatorlar, gipertovuşli qurollar işlab çiqarişda qöllanadi. «Mis Mudofaa vazirligi tomonidan eng köp işlatiladigan ikkinçi materialdir! Nega bizning ahmoq (va uyqusirab ötirgan!) «rahbarlarimiz» bu muhim sanoatni yöq qildi?» - deya yozdi Oq uy rahbari. Unga köra, yangi tariflar «Bayden ma’muriyatining öylamagan xatti-harakatini özgartiradi».
Tramp 8 iyul kuni mis importiga bojlar joriy etilişini e’lon qildi. Şundan söng Nyu-Yorkdagi Comex birjasida mis narxi 17 foizga kötarilib, tarixiy maksimumni yangiladi. Bloomberg agentligining yozişiça, AQŞ asosan Çili, Kanada va Meksikadan mis importiga juda boğliq. Unda ta’kidlanişiça, hozirça tariflar qanday, qaysi mahsulotlarga nisbatan qöllanişi va yetkazib beruvçilarga imtiyozlar berilişiga aniqlik kiritilmagan.
Yyel universitetidagi The Budget Lab tahliliy markazi tomonidan ötkazilgan tadqiqotga köra, amerikalik iste’molçilar mis importiga joriy qilingan 17,6 foizlik tariflarning salbiy oqibatlariga duç kelgan – u 1934 yildan beri eng yuqori körsatkiçdir.
Biroq, Vaşington bojlardan yuqori daromadlarga işora qilmoqda: moliya vaziri Skott Bessentning sözlariga köra, AQŞ allaqaçon 100 milliard dollarga yaqin mablağ olgan va yil oxiriga borib bu miqdor 300 milliard dollarga yetişi mumkin.

















