Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Favqulodda holatlar tufayli «Toshshahartransxizmat» mas’ullari ishdan olindi
Avtobuslar bilan sodir bo‘layotgan texnik nosozliklar, tutash holatlari va yo‘l-transport hodisalari tufayli mas’ul xodimlar jazolandi.
Foto: Toshshahartransxizmat
26 fevral kuni «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari, bosh muhandis J.Mannopov, Idoralararo tezkor shtab boshlig‘i B.Mamenov, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari, avtobus saroyi filiallari rahbarlari, bosh mexaniklar va mas’ul xodimlar ishtirokida avtobuslar bilan sodir bo‘layotgan texnik nosozliklar, tutash holatlari va yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari muhokamasiga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabar berdi.
Qayd etilishicha, unda avtobuslarning texnik holatiga mas’ul bo‘lgan, ularning yo‘nalishga chiqishdan oldin texnik ko‘rigini talab darajasida bajarmay, o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan xodimlarga keskin chora ko‘rilgan. Jumladan, 5 nafar mas’ul xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Ularning ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.
Shuningdek, sanab o‘tilgan favqulodda holatlarning oldini olish choralarini ko‘rish, avtobuslarning texnik holatini birma-bir tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha 8 ta avtobus saroyi mas’ul xodimlariga topshiriq berilgan.

Avvalroq, Toshkentda bir kunda ikkita Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘lgani, bunga tormoz tizimidagi nosozlik va qisqa tutashuv sabab bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
15:08
Toshkentga viloyatlardan avtomobil kirishi cheklanmaydi - hokimlik
12:18
Toshkentda yangi “siti”lar qurilishi kutilmoqda
16:06 / 16.12.2025
Qurilish vazirligining binosi 182,5 mlrd so‘mga sotildi
16:00 / 16.12.2025