Fan-texnika | 22:07 / 26.02.2024
39997
2 daqiqa o‘qiladi

Lenovo shaffof MicroLED displeyli noutbukni namoyish etdi

Displey MicroLED texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan va 55 foizgacha shaffoflikni ta’minlaydi. 

Foto: Lenovo

Lenovo kompaniyasi Barselonadagi MWS ko‘rgazmasida g‘ayrioddiy mahsulot – 17,3 dyuymli shaffof ekranga ega noutbukni taqdim etdi. Model ThinkBook Transparent Display Laptop deb nomlanadi. Uning renderlari ilgari Internetda paydo bo‘lgan edi. 

Displey MicroLED texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan va 55 foizgacha shaffoflikni ta’minlaydi. Oq fon bilan u butunlay shaffof emas, lekin qora fon bilan siz uni ikkala tomondan ham ko‘rishingiz mumkin. Maksimal yorqinlik 1000 nitga yetadi. 

Lenovo muhandislari fikriga ko‘ra, ushbu shakl raqamli rassomlar uchun foydali bo‘lishi mumkin, bu ularga rasm chizish paytida ekran orqasidagi dunyoni ko‘rish imkonini beradi. 

Shaffof ekran panelidan foydalanish bir qator cheklovlarga ega. Eng asosiysi noutbukda piksellar soni atigi 720p bo‘ladi. Biroq matnning ravshanligi yaxshi, uni o‘qish oson. 

Noutbukning orqa tomonida AI kamerasi mavjud. Lenovo uning to‘ldirilgan reallik texnologiyalari bilan ishlashda foydali bo‘lishi mumkinligiga ishonchi komil. 

Hozircha ThinkBook Transparent Display Laptop sotuvga chiqishga tayyor bo‘lmagan konseptual yechimdir. Shunga qaramay, Lenovo yaqin besh yil ichida bunday texnologiyalar seriyali noutbuklarda qo‘llanilishiga ishonadi.

Mavzuga oid