Ijtimoiy buyurtma bo‘yicha suv ta’minoti xizmatini ko‘rsatish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan markazlashgan ichimlik suv ta’minoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish tartibi tasdiqlandi.
Prezidentning “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq markazlashgan ichimlik suv ta’minoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
- davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihalarining boshqaruvchisini tanlash;
- davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv chiqarish xizmatlari bilan ta’minlash uchun qurilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha loyiha va pudrat tashkilotlarini tanlash;
- davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida barpo etilgan ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini (inshootlarini) foydalanishga topshirish.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalari boshqaruvchisining tanlov takliflarini baholash mezonlarini tasdiqlashi lozim.
Shuningdek, Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish shartnomasining namunaviy shakli ishlab chiqiladi.
2024 yilda davlat ijtimoiy buyurtmalari asosida ichimlik suv bilan ta’minlanadigan qishloq aholi punktlarining manzilli dasturi tasdiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
O‘zbekiston | 00:41
-
Tramp firibgarlik uchun qamalgan Nikola Motor asoschisini afv qildi
Jahon | 23:56 / 29.03.2025
-
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
Jahon | 23:38 / 29.03.2025
-
Pentagon 75 mingdan ortiq xodimni ishdan bo‘shatishga tayyorlanmoqda
Jahon | 22:55 / 29.03.2025
Mavzuga oid

10:23 / 19.03.2025
715 ming aholiga ilk bor toza ichimlik suv yetib boradi

12:23 / 12.03.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 2 mlrd kub metrdan ortiq suv yetkazib berdi

17:35 / 12.02.2025
“Ichimlik suv uchun naqd pulda amalga oshirilgan to‘lov bazada qayd etilmaydi” – “O‘zsuvta’minot”

10:04 / 04.02.2025