O‘zbekiston | 14:46 / 08.03.2024
25065
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ayollari yigirmanchi asrda – arxiv suratlarida xotin-qizlar hayoti

O‘zbekiston xotin-qizlari yigirmanchi asrda urush yillari va undan keyingi tiklanish davrida qishloq xo‘jaligi, san’at, ilm-fan kabi turli sohalarda faoliyat yuritgan.

Kun.uz O‘zarxiv agentligi bilan hamkorlikda o‘zbek ayollari faoliyatiga oid fotojamlanma tayyorladi.

O‘zbekiston xalq artisti Nazira Ahmedova o‘zbek milliy libosida qo‘shiq ijro etish chog‘ida
M.M.Orifxonova (o‘ngda) – biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan birinchi o‘zbek ayoli singlisi bilan
Tamara Xonum afg‘on raqsini ijro etish chog‘ida
Savodsizlikni tugatish kurslarida
Turkiston o‘lkasi millatlarining turlari. O‘zbek Izet-Ay
Turkiston o‘lkasi millatlarining turlari. O‘zbek Maxtab-Ay
Kolxoz gazetasini o‘qiyotgan ayollar. 1930 yil
Farg‘onalik qiz, 1935 yil
Bir guruh o‘zbek ilmiy xodimalari, 1937 yil
Toshkent uchish klubining parvoz maktabi kursanti, Toshkent tibbiyot instituti 4-kurs talabasi Baynutdinova Dilbar samolyot yonida, 1937 yil
K. Voroshilov nomidagi fabrika havaskorlar milliy ansamblining shahar radiosidagi chiqishi. Radiostudiya mikrofonida - Mirzayeva Muqaddam
O‘zbek ayoli bola bilan, 1940 yil
 10 nafar farzandni voyaga yetkazgan qahramon ona Mukarram Shamsimuhamedova kenja qizlari bilan
1-Samarqand Msning atoqli mexanizatori, Mastura Azizova traktorida. Traktor ishining yuqori sifati va yoqilg‘i tejamkorligi uchun tanlov tashabbuskori, 1950 yil
Toshkent shahridagi 84-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari Sharafutdinova Satura (chapda) va Toshmuhamedova Halima maktab laboratoriyasida kimyo fanidan tajriba o‘tkazishmoqda. 1952 yil
U.Qurbonova – Qashqadaryo viloyatidagi birinchi kinomexanik ayol, kino namoyishiga tayyorlanmoqda, 1969 yil
 Sobir Rahimov tuman ijroiya qo‘mitasi ichki ishlar bo‘limi pasport bo‘limi boshlig‘i, militsiya mayori, Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi F.X.Xabibulina, 1975 yil
Uychin tumanidagi “Leninchi yo‘l” kolxozida ochilgan yangi maktabning birinchi sinf o‘quvchilari T. Aliyeva va N. G‘aniyeva
Toshkent shahridagi 22-Mehribonlik uyi direktori, Sotsialistik Mehnat Qahramoni Antonina Pavlovna Xlebushkina (chapda) va 14 nafar farzandni tarbiyalagan qahramon ona Toibxon Obidova “Paxtakor” markaziy stadionida. 1988 yil
"Ayollar yili - nafosat yili" tanloviga tayyorgarlik ko‘rayotgan surxonlik kelin, 1999 yil

Suratlar O‘zArxiv agentligi tarkibidagi «Kinofotofono» hujjatlar arxividan olindi. Ushbu suratlar 10 martga qadar Toshkent Fotosuratlar uyida tashkil etilgan fotoko‘rgazmada namoyish qilinmoqda.

Mavzuga oid