O‘zbekiston | 18:29 / 12.03.2024
3157
1 daqiqa o‘qiladi

Uchtepa tumanida elektr vaqtincha o‘chiriladi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi ayrim mahallalarda 13 mart kuni elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, bunga iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish sabab bo‘ladi.

Uchtepaning quyidagi manzillarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • «Beshqayrag‘och», «Shofayzibog‘», «Nishabariq», «Degrez» hamda «Ibrat» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 14:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid