Logoped Dilorom Jabborovaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum bo‘ldi
O‘tgan yil dekabrida u Jizzaxda duduqlangan bolani qo‘rqitish usulida davolashga uringani aks etgan video tarqalgandi.

Foto: Videodan kadr
Defektolog, logoped Dilorom Jabborovaga nisbatan duduqlangan bolani so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolashga uringani tufayli jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.
O‘tgan yil dekabr oyida u Jizzax shahrida o‘tkazilgan seminar davomida bir bolani davolayotgani aks etgan video tarqalgan va holat ombudsman nazoratiga olingandi.

Dilorom Jabborovaning ish uslubiga ilmiy va kasbiy baho berish uchun kiritgan so‘rov asosida defektolog va logopedlardan iborat ishchi guruh o‘rganish o‘tkazgan.
Natijada pedagogning ish usuli mutlaqo ilmiy asoslanmagan, murakkab duduqlanish muammosiga tor va ibtidoiy yondashuvda ekani, Jabborovaning duduqlanishni bartaraf etishda qo‘llayotgan ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik usullari bolalarning sog‘lig‘i va tarbiyasiga jiddiy zarar keltirishi hamda pedagogika qoidalariga butunlay zidligi to‘g‘risida xulosa berilgan, deyiladi ombudsman xabarida.
Ekspertlar ishchi guruhi xulosasi va aniqlangan boshqa holatlar asosida uning harakatlarida aldash va odamlar ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini va uning mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritishda ifodalangan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan.
27 fevral kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Yunusobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
-
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi
Jahon | 00:30
-
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi
Jahon | 00:05
-
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi
Jahon | 23:50 / 08.06.2025
Mavzuga oid

08:20 / 18.05.2025
Rossiyada mushkul vaziyatda qolgan ona va bola O‘zbekistonga qaytarildi

17:44 / 06.01.2025
Denovda ko‘prik ochilishiga bag‘ishlangan tadbirga yupun kiyimdagi o‘quvchilar jalb qilindi

11:11 / 25.12.2024
Toshkentda logoped markazida bemor bolalar davolangan. SSV markazda tibbiy litsenziya bo‘lmaganini ma’lum qildi

14:31 / 02.07.2024