Surxondaryo viloyatida sel-suv toshqini sodir bo‘ldi
Qumqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan sel-suv toshqini oqibatida 360 kishi xavfsiz hududda joylashgan yaqin qarindoshlarining uylariga vaqtincha ko‘chirildi.

Foto: Videodan kadr
Kecha, 21 mart kuni taxminan soat 19:10 lar atrofida Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hududidagi qir-adirliklarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida yig‘ilgan yomg‘ir suvlari Arnalisoy orqali Elobod mahallasiga kirib kelgan.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, ko‘p miqdordagi yomg‘ir suvlari mahalla hududidagi ichki suv tarmoqlariga sig‘masdan, hududdagi 2 ta ichki ko‘chalarda joylashgan 47 ta xonadonning hovli va tomorqalariga, ayrim turar joylar ichkarisiga kirgan.
Shuningdek, kuchli yomg‘ir suvlari Azlarsoy soyidan toshib, soy quyisida joylashgan Azlarsoy mahallasi hududidagi 5 ta ichki ko‘chalarda joylashgan 56 ta xonadonning hovli va tomorqalariga, ayrim turar joylarga kirgan.
Toshqin oqibatlarini bartaraf etish va aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Azlarsoy mahallasidagi 56 ta xonadondan 210 nafar va Elobod mahallasidagi 32 ta xonadondan 150 nafar aholi xavfsiz hududda joylashgan yaqin qarindoshlarining uylariga vaqtincha ko‘chirildi. Tuman markazidagi Yangi shahar mahallasida joylashgan 2 ta 4 qavatli uylarning yerto‘lasiga yig‘ilgan toshqin suvlari yong‘in-qutqaruv texnikalari va motopompalar yordamida chiqarib tashlandi.
Qumqo‘rg‘on tumani Elobod mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 «Olmaota-Bishkek-Dushanbe-Termiz» avtomobil yo‘lining 1535-1536 km oralig‘ida transport vositalari va yo‘lovchilar xavfsiziligini ta’minlash maqsadida, vaqtinchalik harakat cheklanib, suv toshqinlari tugaganidan so‘ng, yo‘lga yig‘ilgan loyqalar maxsus texnikalar yordamida tozalanib, soat 21:00 da ikki tomonlama transport qatnovi to‘liq tiklandi.
Ushbu hududda sodir bo‘lgan toshqin suvlari Termiz mintaqaviy temiryo‘l uzeli UKga qarashli, «Qumqo‘rg‘on–Elbayon» peregoni PK 8-9 temiryo‘l ostidan o‘tgan suv quvuriga sig‘maganligi natijasida, temiryo‘lning taxminan 0,4 km qismidan toshib o‘tib, shag‘al qoplamasini qisman yuvgan.
Termiz mintaqaviy temiryo‘l uzeli UKning 200 nafar ishchi-xizmatchilari, avariya tiklash poyezdi, 2 ta avtoyuklagich, 1 ta ekskavator yordamida, 28 ta vagonlarda olib kelingan shag‘al temiryo‘lning zarar ko‘rgan uchastkasiga yotqizilib, ta’mirlash va tiklash ishlari bajarildi hamda bugun, 22 mart kuni soat 07:00 da temiryo‘l harakati to‘liq tiklandi.
Ayni vaqtda Elobod mahallasi ichki ko‘chalari, yo‘llar va boshqa joylarni loyqadan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Tezkor tadbirlarga 462 nafar xodim, 7 ta texnika, 11 ta motopompa, 24 ta muhandislik texnikalari jalb qilingan.
Yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida jarohat olganlar yo‘q.
Bundan tashqari, viloyatning Sho‘rchi, Sherobod va Bandixon tumanlarining ayrim mahallalarida ham ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘ish hodisalari sodir bo‘lgan bo‘lib, yomg‘ir suvlari hududlardan oqib o‘tuvchi sel yo‘llari orqali xavfsiz oqib o‘tgan. Ushbu hududlardan talafotlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi

12:00 / 16.05.2025
17-19 may kunlari qator hududlarda sel xavfi e’lon qilindi

11:03 / 02.05.2025
Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi

17:10 / 25.04.2025