«Bundan kim manfaatdor ekani qiziq» - Putin teraktning ehtimoliy buyurtmachilari haqida

Foto: TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat huquq-tartibot idoralari rahbarlari bilan videomuloqot ko‘rinishida yig‘ilish o‘tkazdi.
«Terakt radikal islomchilarning qo‘li bilan amalga oshirilganini bilamiz. Bizni buyurtmachi kim ekani qiziqtiradi. Terakt 2014 yildan buyon Kiyev rejimining qo‘li bilan bizga qarshi urushayotganlar uchun ayni muddao bo‘lishi mumkin. Natsistlar har qanday iflos ishlardan tap tortmay foydalanishadi. Ustiga-ustak hozir ularning qarshi hujumi barbod bo‘lgan vaqt.
Ularning maqsadi Kiyev rejimi hali mavjudligini ko‘rsatish, g‘arblik kuratorlariga quloq solib, oxirgi ukrainalik qolguniga qadar jang qilish.
AQSh har xil kanallari orqali go‘yoki o‘z razvedka ma’lumotlariga ko‘ra hammani teraktga Ukrainaning aloqasi yo‘qligiga ishontirmoqchi. Ular hammasini Rossiyada taqiqlangan IShID qilganiga ishontirmoqchi. Bir savolga javob topish kerak: terrorchilar jinoyatni qilgach, nega Ukraina tomonga qarab qochgan? Ularni u yerda kim kutib turgan?» degan Putin.
Rossiya prezidenti terakt fonida jamoatchilik jipslashgani, odamlar jabrlanganlarga hamdard bo‘lganini aytgan. Shuningdek, rossiyaliklarning umumiy dardi og‘ir bo‘lsa-da, terakt bo‘yicha surishtiruv professional tarzda o‘tishi kerakligini ta’kidlagan.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

18:09 / 03.06.2025
Ukrainaning «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi Kremlda «g‘azab va xavotirga» sabab bo‘ldi

17:59 / 03.06.2025
Qrim ko‘prigiga navbatdagi hujum uyushtirildi

10:54 / 03.06.2025
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukrainadan hayratlanarli yurish

10:41 / 03.06.2025