O‘zbekiston | 08:30 / 25.03.2024
7414
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada shifoxonadan qarz bo‘lib qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi 

2024 yilning boshlarida Turkiya Respublikasiga kelib, og‘ir kasal bo‘lib Samsun Eğitim Araştırma davlat shifoxonasiga tushib qolgan fuqarodan murojaat kelib tushdi, deb xabar bermoqda Istanbuldagi bosh konsulxona.

Foto: Istanbul shahridagi bosh konsulxona

Qayd etilishicha, fuqaro shifoxonadan 137 000 turk lirasi miqdorida katta pul mablag‘i qarz bo‘lib qolgan.

Anqara shahridagi elchixona va Istanbul shahridagi bosh konsulxona birgalikda hamda «ADS huquq» advokatlik firmasi bilan hamkorlikda fuqaroning shifoxona to‘lovlarini aksariyat qismini qisqartirgan holda O‘zbekistonga yetib olishi ta’minlab berildi.

Bosh konsulxona bu holat yuzasidan yordam bergan faol vatandosh va «ADS huquq» advokatlik firmasi xodimlariga minnatdorchilik bildirgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid