O‘zbekiston | 08:52 / 28.03.2024
4327
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 2 aprelgacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi 

2024 yil 28 martdan 2 aprelgacha kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda qor ko‘chishi ehtimoli bor:

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Mavzuga oid