Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi
Foto: Reuters
Telegram messenjeri asoschisi terrorchilik aktlari sodir etishga chaqirayotgan akkauntlar aniqlanib, paydar-pay blok qilinayotgani, messenjer zo‘ravonlikka targ‘ib joyi emasligini ta’kidladi.
Pavel Durov o‘zining Telegram kanalida shunday deb yozdi:
«4 kun muqaddam Telegram’ning rusiyzabon foydalanuvchilari notanish kimsalardan teraktlarga chaqiruv borasida yozishmalar bo‘layotgani haqida shikoyat qila boshlashdi.
Bunday shikoyatlar olinganidan bir soat o‘tib, biz bu faollikning oldini olish uchun bir qator texnik va tashkiliy choralarni qo‘lladik.
Natijada bunday xabarlar jo‘natishga bo‘lgan o‘n minglab urinishlarning oldi olindi va bu fleshmobda ishtirok etayotgan minglab foydalanuvchilar o‘zlarining Telegram akkauntlari umrbod bloklanishiga duchor bo‘lishdi.
Kelgusi haftaning boshidan boshlab Rossiya, Ukraina va Belarusdagi barcha foydalanuvchilarga o‘zlariga shaxsiy yozishma jo‘nata oladiganlar doirasini cheklay olish imkoniyati taqdim etiladi. Biz shuningdek, sun’iy idrok asosida istalmagan yozishmalarni yanada samaraliroq filtrlash yechimlarini joriy etmoqdamiz.
Telegram — noqonuniy jo‘natmalar va zo‘ravonlikka chaqiruv joyi emas», — deb yozgan Pavel Durov.
Eslatib o‘tamiz, Moskvadagi «Crocus City Hall»da terakt uyushtirganlikda ayblanib, qamoqqa olingan gumondorlar dastlabki so‘roqda ular Telegram messenjeri orqali yollanganini aytishgan. Shundan so‘ng messenjerning rossiyalik foydalanuvchilari turli joylarda terakt uyushtirish bo‘yicha noma’lum kimsalardan takliflar kelib tushayotganidan shikoyat qilishgan edi.
Mavzuga oid
12:02 / 10.12.2025
Qarz so‘raydigan soxta tanish – Telegram’da profilni nusxalash bilan bog‘liq firibgarlik ko‘paymoqda
12:23 / 08.12.2025
Telegram Passkey funksiyasini ishga tushirdi, endi parol va SMS kiritish shart emas
10:41 / 01.12.2025
Pavel Durov 100 foiz maxfiy Cocoon SI-tarmog‘i haqida e’lon qildi
22:42 / 14.11.2025