16:59 / 06.04.2024
4291

Toshkent amaliy fanlar universitetida kitobxonlik haftaligi boshlandi 

Toshkent amaliy fanlar universitetida “Kitob - beminnat ustoz” deb nomlangan kitobxonlik haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. 

Foto: Toshkent amaliy fanlar universiteti

Ushbu haftalikda universitet rahbariyati, o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishmoqda. Kitobxonlik haftaligi tadbirida yuzdan ziyod adabiy-badiiy kitoblar yarmarkasi ham tashkil etildi.

Bunday yarmarkalarni o‘tkazish orqali Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf- asrab-avaylash mavzularidagi adabiyotlar bilan yoshlarimizni yaqindan tanishtirish maqsad qilingan. 

Reklama huquqi asosida

Top