Ilmiy maqolalar yoziş böyiça mavsumiy maktablar an’anasini davom ettirgan holda, Qişki maktabda ijtimoiy fanlar böyiça ilmiy maqolalar yoziş malakasini oşirişga qaratilgan maxsus seminar taşkil etildi. Uşbu tadbirda qariyb 40 nafar tadqiqotçi va olim iştirok etdi. Seminarning asosiy maqsadi – ilmiy naşrlar yoziş böyiça nazariy va amaliy bilimlarni çuqurlaştirişdan iborat böldi.
Toşkent amaliy fanlar universiteti, “Ergo Analytics” va “Clavirate” kompaniyalari hamkorligida taşkil etilgan uşbu maktab ilmiy maqolalar yozayotgan mualliflarni qöllab-quvvatlaş, ularga ilmiy naşr jarayonining asosiy jihatlarini tuşuntirişga yönaltirildi.
Seminar davomida iştirokçilarga quyidagi muhim yönalişlar böyiça treninglar ötkazildi:
- ilmiy maqolalar tuzilişi va mazmuni;
- nufuzli ilmiy jurnallarni tanlaş mezonlari;
- akademik yozuv mahoratini oşiriş;
- ilmiy tadqiqotlarning ahamiyatini baholaş uçun işlatiladigan asosiy körsatkiçlar.
Toşkent amaliy fanlar universitetining ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik bölimi boşliği Elyor Sayitov seminarning ilmiy muhit rivojiga qöşayotgan hissasi haqida quyidagilarni ta’kidladi:
“Özbekistonning ilmiy salohiyatini oşiriş universitetimiz uçun strategik ustuvor yönalişlardan biri hisoblanadi. Qişki maktab singari tadbirlar nafaqat kuçli tadqiqot madaniyatini şakllantiriş, balki mamlakatning akademik rivojiga hissa qöşiş, şuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi”.
“Ergo Analytics” kompaniyasi rahbari Rauf Salohodjayev Özbekiston oliy ta’lim tizimini rivojlantiriş yönalişidagi ustuvor vazifalar haqida quyidagilarni qayd etdi:
“Bugungi kunda Özbekiston 2030 yilgaça oliy ta’lim tizimini rivojlantiriş konsepsiyasi doirasidagi muhim maqsadlarga erişiş yölida jiddiy qadamlar taşlamoqda. Bu jarayonda professor-öqituvçilar, ilmiy tadqiqotçilar va doktorantlarning xalqaro ilmiy jurnallarda naşr etilgan maqolalari sonini oşiriş hamda ilmiy işlarning iqtiboslik körsatkiçlarini yuqori darajaga kötariş muhim örin tutadi. Bunday seminarlar oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlaş va Toşkent amaliy fanlar universitetining THE hamda QS xalqaro reytinglariga kiriş imkoniyatlarini kengaytirişda muhim rol öynaydi.”
Taşkilotçilar kelgusida ham bunday seminarlar va ilmiy tadqiqotlarni qöllab-quvvatlovçi boşqa tadbirlarni muntazam taşkil etişni rejalaştirmoqda. Uşbu taşabbuslar Özbekistonda ilmiy izlanişlarni rivojlantiriş va mahalliy olimlarning xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyasini jadallaştirişga xizmat qiladi.











