Jahon bankining ta’lim va gender masalalariga bağişlangan hisobotiga köra, dunyo miqyosida har ön qiz bolaning töqqiz nafari boşlanğiç ta’lim, törtdan uç nafari esa örta ta’lim (taxminan, 9 yillik öqiş) oladi. Kam daromadli mamlakatlarda qizlarning 2/3 qismi boşlanğiç maktabda öqiydi, faqat har uç qizdan biri örta maktabning quyi bosqiçini (tugallanmagan örta ta’lim) tugatadi. Oliy ta’limda bu raqamlar yana qisqarib boradi. Ammo Oliy ta’limda xotin-qizlar faolligini oşiriş davlat budjetini tejaş va mamlakat taraqqiyotiga yordam ham berişi mumkin. 

Özbekiston misolida olinsa, bugun Oliy ta’lim muassasalarida 1 mln 300 mingdan ortiq talabalar tahsil olişadi. Şundan 660 ming nafari erkaklar bölsa, 680 ming nafari xotin-qizlardan iborat. Birgina Toşkent amaliy fanlar universitetida talaba sifatida 10 ming 985 nafar erkaklar, 16 ming 152 nafar xotin-qizlar ta’lim olişyapti.

Bu haqida 23 aprel kuni Toşkent amaliy fanlar universitetida bölib ötgan “Xotin-qizlar va erkaklarning butun umr davomida öqiş imkoniyatlarini rağbatlantiriş: yutuqlar va muammolar” mavzusidagi xalqaro forumda ham aytib ötildi. Universitet rektori Abdusalom Umarov muassasada ayollarga ta’lim olişda imtiyozlar yaratilayotganini aytdi. 

Forum Oila va xotin-qizlar qömitasi bilan hamkorlikda taşkil etildi va jamiyatda gender tenglikni ta’minlaş, ilm-fan va ta’lim tizimida ayollarning salohiyatini oşirişga bağişlandi.