O‘zbekiston | 18:56 / 08.04.2024
22724
3 daqiqa o‘qiladi

Tirilayotgan Orol – unga qanday jon bag‘ishlash mumkin?

Orolni qutqarish va uni qayta jonlantirish maqsadida amaliy ishlar boshlandi – UZCARD kompaniyasi Orolni tiriltirish loyihasi asosida saksovul ekish jarayonini amalga oshirdi.

Orol dengizining qurishi, afsuski, tarixdagi eng katta ekologik fojialardan biri. O‘z vaqtida dunyoda kattaligi jihatidan to‘rtinchi o‘rinda turgan Orol dengizi bir avlod almashinuvi davomidayoq jonsiz sahroga aylandi.

Orol dengizining suv sathi 1960-yillardan boshlab shiddat bilan pasayib bordi, bunga unga kelib quyiluvchi daryolar — Amudaryo va Sirdaryodan suv olinishi sabab bo‘ldi. Dengizning qurishi butun Markaziy Osiyo uchun ekologik halokatga aylandi va mintaqa davlatlariga jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy zarar yetkazdi.

Bugungi kunda Orol dengizining qurigan tubi qariyb 60 000 kvadrat kilometr maydonni egallaydi. Va bugun ushbu maydondan ko‘tarilayotgan qum, tuz, chang zarralari nafaqat Qoraqalpog‘iston yoki O‘zbekiston, balki boshqa mamlakatlar bo‘ylab ham tarqalmoqda. Xullas, Orol fojiasi haqida haftalab gapirish mumkin. Lekin bugun siz bilan ushbu fojia haqida emas, balki qayta jonlanib o‘rmonga aylanayotgan Orol haqida gaplashamiz.

Mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik loyihalariga befarq bo‘lmagan UZCARD kompaniyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi “Green Aral Sea” nomli loyihasi bilan hamkorlikni boshladi.

Mazkur loyiha Orol dengizi tubini ko‘kalamzorlashtirish orqali iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va Qoraqalpog‘iston aholisining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan.

Saksovul cho‘l o‘simligi bo‘lib, zaharli va tuzli havo tarqalishining oldini olishga yordam beradi. Bir dona saksovul daraxti 4 tonnagacha qumni o‘zida saqlab qolishi mumkin. Xullas, Orolga saksovul ekish ekologik fojiani yumshatishning eng samarali yo‘llaridan biridir.

UZCARD saksovul ekish loyihasini faqatgina moddiy qo‘llamadi, balki kompaniya xodimlari O‘zbekistondagi mahalliy brendlar orasida birinchilardan bo‘lib Orolning qurigan tubiga saksovul ekish jarayonida ham bevosita qatnashdi.

UZCARD doim ijtimoiy-moliyaviy va texnologiyalar sohasida birinchilardan bo‘lishga harakat qiladi. 2022 yilda “Yashil makon” dasturida qatnashib ijtimoiy sohadagi qadamlarini bosishni boshladi. Cho‘lni yashillashtirish uchun harakatga UZCARD o‘z hissasini qo‘shdi. UZCARD hamkor kompaniyalarni ushbu loyihada faol ishtirok etib, Orolni yashillashtirish uchun o‘z hissalarini qo‘shishga chorlab qoladi. Siz ham bunda faol ishtirok etib o‘z hissangizni qo‘shing!

Mavzuga oid