Orol dengizining qurişi, afsuski, tarixdagi eng katta ekologik fojialardan biri. Öz vaqtida dunyoda kattaligi jihatidan törtinçi örinda turgan Orol dengizi bir avlod almaşinuvi davomidayoq jonsiz sahroga aylandi.
Orol dengizining suv sathi 1960-yillardan boşlab şiddat bilan pasayib bordi, bunga unga kelib quyiluvçi daryolar — Amudaryo va Sirdaryodan suv olinişi sabab böldi. Dengizning qurişi butun Markaziy Osiyo uçun ekologik halokatga aylandi va mintaqa davlatlariga jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy zarar yetkazdi.
Bugungi kunda Orol dengizining qurigan tubi qariyb 60 000 kvadrat kilometr maydonni egallaydi. Va bugun uşbu maydondan kötarilayotgan qum, tuz, çang zarralari nafaqat Qoraqalpoğiston yoki Özbekiston, balki boşqa mamlakatlar böylab ham tarqalmoqda. Xullas, Orol fojiasi haqida haftalab gapiriş mumkin. Lekin bugun siz bilan uşbu fojia haqida emas, balki qayta jonlanib örmonga aylanayotgan Orol haqida gaplaşamiz.
Mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik loyihalariga befarq bölmagan UZCARD kompaniyasi Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Taraqqiyot Dasturining Özbekistondagi “Green Aral Sea” nomli loyihasi bilan hamkorlikni boşladi.

Mazkur loyiha Orol dengizi tubini kökalamzorlaştiriş orqali iqlim özgarişi oqibatlarini yumşatiş va Qoraqalpoğiston aholisining turmuş tarzini yaxşilaşga qaratilgan.
Saksovul çöl ösimligi bölib, zaharli va tuzli havo tarqalişining oldini olişga yordam beradi. Bir dona saksovul daraxti 4 tonnagaça qumni özida saqlab qolişi mumkin. Xullas, Orolga saksovul ekiş ekologik fojiani yumşatişning eng samarali yöllaridan biridir.

UZCARD saksovul ekiş loyihasini faqatgina moddiy qöllamadi, balki kompaniya xodimlari Özbekistondagi mahalliy brendlar orasida birinçilardan bölib Orolning qurigan tubiga saksovul ekiş jarayonida ham bevosita qatnaşdi.
UZCARD doim ijtimoiy-moliyaviy va texnologiyalar sohasida birinçilardan bölişga harakat qiladi. 2022 yilda “Yaşil makon” dasturida qatnaşib ijtimoiy sohadagi qadamlarini bosişni boşladi. Çölni yaşillaştiriş uçun harakatga UZCARD öz hissasini qöşdi. UZCARD hamkor kompaniyalarni uşbu loyihada faol iştirok etib, Orolni yaşillaştiriş uçun öz hissalarini qöşişga çorlab qoladi. Siz ham bunda faol iştirok etib öz hissangizni qöşing!










