Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning o‘qqa tutishi Ukrainadagi elektr stansiyalari 80 foiziga zarar yetkazdi
Ukraina energetika vaziri German Galushchenko Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga joriy zarbalarini keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri eng kattasi deb atadi.
Oxirgi haftalarda Rossiyaning o‘qqa tutishi natijasida Ukrainadagi issiqlik elektr stansiyalari 80 foizi va gidroelektr stansiyalari yarmidan ko‘pi zarar ko‘rdi. Bu haqda 8 aprel, dushanba kuni mamlakat energetika vaziri German Galushchenko Kiyevda jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.
Vazir so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiyaning keng ko‘lamli hujumi boshidan beri «Ukraina energetika sektoriga qilingan eng yirik hujum». Rossiya qo‘shinlari har bir zarbada ko‘proq zarar yetkazish uchun «Eron uslubidagi portlovchi uchuvchisiz uchoqlar va raketalar»dan foydalanmoqda, dedi vazir.
Rossiya Ukraina energetika obektlariga zarba berdi
Mart oyining oxiridan beri Ukraina energetika obektlari Rossiya qo‘shinlari muntazam hujumlariga duchor bo‘lmoqda. Natijada ayrim aholi punktlari, jumladan, Ukraina shimoli-sharqidagi milliondan ortiq aholi yashaydigan Xarkiv shahrida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
6 aprel kuni DW nashriga bergan intervyusida Galushchenko, shuningdek, Rossiya tomonidan egallab olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasida (ZAES) Ukraina energetika infratuzilmasiga qilingan hujumlar tufayli favqulodda vaziyat yuzaga kelishi xavfi haqida ham ogohlantirdi. «Yana qancha blekautlarni (yadroviy hodisadan oldin) kutishimiz kerak? To‘qqiztami? O‘ntami? O‘n beshmi? Yigirmatami? Bu avariya sodir bo‘lishi - faqat vaqt masalasi», - deydi u.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026