Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtomobil bilan to‘qnashgan skuter haydovchisi shifoxonaga olib ketildi
Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida skuter haydovchisi jarohat oldi.
Joriy yilning 17 aprel kuni soat 04:00 larda Uchtepa tumani Katta Xirmontepa-Shirin ko‘chalari kesishmasida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi Z.A. boshqaruvidagi NJA rusumli avtomashina hamda 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi O.E. boshqaruvidagi skuter to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida skuter haydovchisi O.E. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:44 / 19.04.2026
Jizzax viloyatida avtobus YTHga uchradi
20:10 / 18.04.2026
Buxoroda mast haydovchi YTH sodir etdi
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
18:42 / 13.04.2026