Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada yurgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
Turkiyada firibgarlar o‘zini politsiya yoki maxsus kuchlar xodimi sifatida tanishtirib, xorijdan kelgan shaxslarni chuv tushirish holatlari ko‘payotgani aytilmoqda.
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyada yurgan o‘zbekistonliklarni firibgarlarga chuv tushmasliklari uchun ogohlikka chaqirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi paytlarda Turkiya hududida firibgarlikning bir necha turi keng tarqalmoqda. Bunda firibgarlar asosan xorijiy davlatlar fuqarolarini chuv tushirishga urinmoqda.
Jumladan:
- onlayn savdo orqali bergan buyurtmani bekor qilgandan keyin o‘zini advokat deb sud, kargo xarajatlarini undirish;
- telefon orqali o‘zini politsiya yoki maxsus kuchlar xodimi sifatida tanishtirib, sizning hisobingizdan xorijdagi jinoiy yoki terrorchi guruhlarga to‘lov amalga oshirilganini aytib, asl jinoyatchini ushlash maqsadida yangi bir hisobraqamiga pul o‘tkazish.
“Bunday firibgarlar o‘zingizdan ma’lumotlarni olib, o‘zingizga qarshi ishlatishi, firibgarlik va ishontirishda psixologik vositalardan foydalanishi yuzasidan harakat qilayotgani ma’lum bo‘lmoqda. Vatandoshlarimizdan onlayn ravishda berilgan buyurtmani bekor qilishda belgilangan tartibda (iade) qaytarish, telefon orqali o‘zini politsiya, sud, maxsus kuch xodimi deb tanishtirgan shaxslarga ma’lumot bermaslik, o‘rnatilgan tartibda chaqirishlarini talab qilishlarini tavsiya etib qolamiz” deyiladi konsullik ogohlantirish murojaatida.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026