Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi kompaniyalar o‘ntaligi e’lon qilindi
O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi top-10 korxonalar ro‘yxati ochiqlandi.
Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yil 29 aprel holatiga «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ 1-o‘rinni egalladi, unda 48 308 nafar ishchi ishlaydi.
Eng ko‘p ish beruvchilar ro‘yxatining 2- va 3-o‘rinlaridan mos ravishda 36 629 nafar hamda 34 816 nafar kishini ish bilan ta’minlagan «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ va «Temiryo‘linfratuzilma» AJ joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan ish beruvchilar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ – 20 873 nafar;
- Romstar MChJ qo‘shma korxonasi – 18 800 nafar;
- «O‘zbektelekom» AJ – 17 641 nafar;
- «O‘zAvto Motors» AJ – 16 628 nafar;
- «Hududgazta’minot» AJ – 16 309 nafar;
- «O‘zbekneftgaz» AJ – 13 926 nafar;
- Anglesey food MChJ – 12 726 nafar.
Mavzuga oid
19:45 / 07.11.2025
SI umidlarni oqlamadi: kompaniyalar ishdan bo‘shatilgan xodimlarni qaytarmoqda
17:50 / 02.10.2025
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot o‘tash tartibi belgilandi
20:19 / 29.08.2025
Prezident: 8 oyda 5 million aholining bandligini ta’minladik
13:36 / 26.08.2025