Jamiyat | 08:37 / 02.05.2024
13082
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oyga yopildi

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi. 

Foto: Yashnobod tuman hokimligi

Tuman hokimligi xabariga ko‘ra, Yashnobod tumanida oqova suv tizimini yaxshilash borasida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 

Shu sababli, 30 aprel sanasidan taxminan bir oy muddatga Katta Olmos ko‘chasidan Ilg‘or shohko‘chasiga olib chiquvchi yo‘l qisman yopilgan.

Transport vositalari harakati aylanma yo‘l orqali amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid