Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Fransiya prezidenti o‘zining avvalgi pozitsiyasini takrorlab, Rossiyaning g‘alabasini oldini olish uchun hech narsani istisno qilmasligini aytdi. Makron The Economist nashriga bergan intervyusida qaysi holatda Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyor bo‘lishiga aniqlik kiritdi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga g‘arb quruqlikdagi qo‘shinlarini Rossiyani tiyib turish vositasi sifatida yuborish imkoniyatini tasdiqlab, ushbu mavzu bo‘yicha muhokamalarni jonlantirib yubordi. «Agar ruslar front chizig‘ini yorib o‘tsa, Ukrainadan so‘rov bo‘lsa, biz haqli ravishda qo‘shin yuborish to‘g‘risida savolni berishimiz kerak. Bugungi kunda bunday bo‘lmayapti» dedi u 2 may, payshanba kuni chop etilgan Britaniyaning The Economist jurnaliga bergan intervyusida.
Fransiya rahbari ittifoqchilarni bunday ssenariyni istisno qilmaslikka chaqirdi, chunki bu «Yevropa Ittifoqi xavfsizligi va nufuzining asosiy sharti» bo‘lib xizmat qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning Rossiyaning keyingi tajovuzini to‘xtata olishi «qizil chiziqlar bo‘lmasligi»ga bog‘liq. Makronning eslatishicha, Fransiya o‘z qo‘shinlarini Afrika davlatlari rahbarlari so‘raganda yordam berish uchun yuborgan edi.
Rossiyani tiyib turishning ahamiyati
«Bizning vakolatimiz tiyib turish qobiliyatiga bog‘liq. Bunda, nima qilayotganimizni yoki nima qilmoqchi ekanligimizni oshkor qilmasligimiz lozim. Men hech narsani istisno etmayman, chunki biz hech narsani istisno qilmaydigan odamga duch keldik», dedi Makron Rossiya prezidentini nazarda tutib.
G‘arb davlatlari o‘tmishda Ukrainaga tank va samolyotlar yuborishni istisno etib, juda ikkilanib kelgan, dedi Makron. «Biz o‘z vakolatimiz va Rossiyani tiyib turishimiz kontekstida noto‘g‘ri ish qildik», dedi Fransiya prezidenti va Rossiyaning fevral oyida Ukrainaga G‘arb qo‘shinlarini yuborish ehtimoli haqidagi so‘zlariga «tajovuzkor munosabati» bunday pozitsiya samaradorligini ko‘rsatganini ta’kidladi.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov G‘arb qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish Rossiya va NATO o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaroni muqarrar qilib qo‘yishini aytgan edi.
Mavzuga oid
13:10 / 04.11.2024
Taybey: Tayvanlik ikkinchi ko‘ngilli Ukraina uchun janglarda halok bo‘ldi
09:50 / 04.11.2024
Turkiya TIV rahbari: Ukraina yaxlitligi tinchlikning shartidir
22:10 / 03.11.2024
Google tasodifan Ukrainadagi harbiy obektlarning xaritalarini oshkor qildi
18:43 / 03.11.2024