O‘zbekiston | 15:41 / 06.05.2024
26507
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi  

Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli 9-11 may kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” 9-11 may kunlari kutilayotgan noqulay ob-havo sharoitidan ogohlantirdi.

9-11 may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi.

Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli 9-11 may kunlari respublikaning quyidagi tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Mavzuga oid