O‘zbekiston | 11:39 / 10.05.2024
2963
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev «Charmsanoat» uyushmasi faoliyatini tubdan o‘zgartirish zarurligini ma’lum qildi

Klasterlarda qoramolni ko‘paytirish bilan birga, aholi xonadonlari va terini qayta ishlash korxonalari bilan kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish uchun 25 ta tumanda chorvachilik klasterlari tashkil qilingan. Lekin 19 ta klasterga yetarli yer maydonlari ajratilmagan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalliy sanoat tarmog‘idagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Charmsanoat sohasida eng asosiy masalalardan biri, bu – xomashyo.

Klasterlarda qoramolni ko‘paytirish bilan birga, aholi xonadonlari va terini qayta ishlash korxonalari bilan kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish uchun 25 ta tumanda chorvachilik klasterlari tashkil qilingan. 

Lekin, yer ajratish va kredit masalasi to‘liq hal qilinmagani uchun barcha klasterlarning ham faoliyati hali yurib ketgani yo‘q. Masalan, 19 ta klasterga yetarli yer maydonlari ajratilmagan.

Aytilgan muammoli masalalardan kelib chiqib “Charmsanoat” uyushmasi faoliyatini tubdan o‘zgartirish zarurligi ta’kidlandi.

Mavzuga oid