Prezident Şavkat Mirziyoyev 12 iyul kuni Farğona viloyatiga taşrifi çoğida Quvada Farğona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Unda kambağallikni qisqartiriş böyiça ham tizimni özgartiriş zarurligi ta’kidlandi.

“Mahalla yettiligida qanday işlaş kerakligi böyiça tajriba töplandi, ularga bank-moliya instrumentlari bilan kömaklaşiş joriy qilindi. Şu bilan birga tizim kengaygan sari yangiça yondaşuvga ehtiyoj sezilmoqda”, - dedi prezident.

Yiğilişda ehtiyojmand aholi daromad manbai bilan ta’minlanmasa, yana ijtimoiy yordamga qayta-qayta murojaat etişi körsatib ötildi.

“Şu bois, endi kambağallikni qisqartiriş va ijtimoiy himoya bitta, ya’ni Ijtimoiy himoya agentligi tizimida böladi”, - dedi davlat rahbari.

Avvalroq, Özbekistonda nogironlikni belgilaşda raqamlaşgan tizimga ötilişi ma’lum qilingandi.

Unga köra, bu dastlab Toşkent şahri va Navoiy viloyatida, 2025 yil 1 sentabrga qadar barça hududlarda bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.

Baholaş Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining moslaştirilgan mezonlari asosida “Inson” markazlari xodimlari tomonidan amalga oşiriladi. Nogironlikni belgilaş bilan bir vaqtda uning reabilitatsiya dasturi hamda protezga muhtojligi böyiça ma’lumotlar şakllantiriladi.