Farğona viloyati Marğilon şahrida 110 gektar maydonda yangi turar joy massivi quriladi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev va Marğilon şahri jamoatçiligi vakillari örtasidagi uçraşuvda aytib ötildi.

Ma’lum qilinişiça, Farğona viloyatining Marğilon şahrida aholi ziç yaşaydi. Yoş oilalarga va kelgusi avlodlarga munosib şaroit yaratiş maqsadida prezident şaharda yangi massiv quriş ğoyasini ilgari surgan.

«Mamlakatimizning köp joylarida yangi massivlar, şaharçalar quryapmiz. Marğilonliklarning yaşaş şaroitlaridan, uy-joylarga ehtiyojidan xabarim bor. Şu talab va istaklarni, köpçilik oilalarning orzularini inobatga olib, zamonaviy imoratlar qurişni öylayapmiz», — degan Şavkat Mirziyoyev.

Loyihaga köra, 110 gektar maydonda bunyodkorlik işlari olib boriladi. Xususan, 25 ming aholiga möljallangan 5 mingta xonadonli köp qavatli uylar quriladi. Şuningdek, Burhonuddin Marğiloniy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Maqom teatri, yuridik institut, 4 ta mehmonxona, şoir va san’atkorlar xiyoboni, savdo va xizmat majmualari böladi.

«Bugun borib kördik, Farğonada katta sanoat korxonalari işlayapti. Yangi elektr stansiyalarini işga tuşirdik. Nima uçun? Xalqimizning şaroiti bölişi uçun, korxonalar barqaror işlaşi uçun. Endi sizlar ham islohotlarga kamarbasta bölib, mahallalar işsizlik va kambağallikdan xoli bölişiga kömak berişingizni istardim», — degan prezident.

Davlat rahbari massivni xorij tajribasi asosida puxta loyihalaştiriş, uylar va infratuzilmani uzoqni közlab quriş böyiça körsatmalar bergan.