09:30 / 12.05.2024
13904

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni yana mag‘lub etdi

Polshadagi Superbet Poland 2024 turnirida farzinni boy berib qo‘yganidan keyin norvegiyalik grossmeysterning asablari dosh bermadi.

Nodirbek Abdusattorov Polshada o‘tkazilayotgan Superbet Poland 2024 shaxmat turnirida Magnus Karlsenni yana bir bor mag‘lub etdi.

Blits bahslarining 3-turida kechgan bahsda Magnus Karlsen kutilmaganda farzinni boy berib qo‘ygach, mag‘lubiyatini tan oldi.

Blits bo‘yicha bahslarda Nodirbek Abdusattorov 9 turdan keyin 4,5 ochko jamg‘argan holda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda, Karsen 9 imkoniyatdan 6 ochko olgan va ikkinchi o‘rinda joylashgan, xitoylik Vei 7,5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Rapid bo‘yicha bahslarda esa 9 turdan keyin 8 ochko jamg‘arib (g‘alabaga 2 ochko, durangga 1 ochkodan beriladi), Abdusattorov 7-o‘rinda bormoqda.

Superbet Poland 2024 turniri 12 may kuni yakunlanadi. Turnir sovrin jamg‘armasi 175 ming dollarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov 2023 yil yanvarida ham jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lub etgandi.

Top