Foto: O‘zbekistonliklar Giluve cho‘qqisini zabt etdi
O‘zbekiston bayrog‘i ilk bor Avstraliya va Okeaniyaning eng balanddagi vulqoni uzra ko‘tarildi. Giluve vulqoni (4368 m) dunyodagi eng xavfli va ekzotik mamlakatlardan biri bo‘lmish Papua-Yangi Gvineyada joylashgan.
Papua-Yangi Gvineya 800 dan ortiq qabilalar yashaydigan dunyodagi eng yirik tropik orol hisoblanadi. U yerdagi ayrim qabilalar hamon tosh asridagidek kun kechiradi.
«Bizning jamoa yovvoyi junglilar va adoqsiz botqoqliklar oralab o‘tib, navbatdagi qit’aning eng baland vulqoniga ko‘tarildi.
Avvalroq jamoa a’zolari Sharqiy yarimshardagi (Osiyo, Yevropa, Afrika) boshqa eng baland vulqonlarni zabt etishgandi», deya xabar bergan Mysterious Uzbekistan jamoasi a’zolari Kun.uzʼga bergan izohida.
Ushbu jamoa a’zolari bo‘lgan Sharof Egamberdiyev, Eldor Gafurov, Nodir Dadaxonov va Andrey Tarantin 2023 yil yozida Kavkaz tog‘larida 5642 metr balandlikdagi Elburs cho‘qqisiga (Rossiya hududida) O‘zbekiston bayrog‘ini olib chiqishgandi.
2023 yil sentabrida esa jamoa Osiyo qit’asidagi eng baland vulqon cho‘qqisi – Eron shimolida joylashgan Demavend cho‘qqisini zabt etib, dengiz sathidan 5610 metr balandlikda O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarishgandi.
Mavzuga oid
20:01 / 28.07.2024
Erkaklar va ayollar alohida yashaydigan, toshda taom tayyorlaydigan qabila bilan yashagan o‘zbekistonliklar
11:16 / 28.05.2024
Yangi Gvineyada ko‘chki xavfi tufayli ommaviy evakuatsiya e’lon qilindi
09:49 / 28.05.2024
Yangi Gvineyadagi ko‘chki 2000 dan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘ldi
11:32 / 27.05.2024