Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Gvineyada ko‘chki xavfi tufayli ommaviy evakuatsiya e’lon qilindi
Papua-Yangi Gvineya hukumati Mungalo tog‘i yonbag‘rida ko‘chki xavfi ostida qolgan aholi punktlaridan 7900 ga yaqin kishi evakuatsiya qilishini to‘g‘risida ma’lumot berdi. Avvalroq tabiiy ofat 2000 dan ortiq fuqaroning hayotiga zomin bo‘lgan edi.
Papua-Yangi Gvineya hukumati Enga provinsiyasidagi qishloqlardan taxminan 7900 kishi evakuatsiya qilinishini to‘g‘risida ma’lumot berdi. Bu haqda 28 may, seshanbaga o‘tar kechasi AFP agentligi xabar tarqatdi. Buning sababi - Mungalo tog‘i yonbag‘ridan pastga siljishda davom etayotgan keng ko‘lamli ko‘chki.
24 may kuni ushbu ko‘chki Mulitaka hududini qamrab oldi, qishloqlardan biri bir necha metr qalinlikdagi tuproq qatlami ostida deyarli butunlay qolib ketgan, u yerda ulkan toshlar va ildizi bilan qo‘porilgan daraxtlar bor. 2000 dan ortiq kishi vayronalar ostida qolgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti rasmiylari ulardan birontasi omon qolishiga shubha bilan qaramoqda.
Mungalodan tuproq va toshlarning yangi massalari tushishda davom etmoqda, shu sababli yana bir nechta aholi punktlari xavf ostida - aynan ulardan fuqarolar evakuatsiya qilinmoqda.
Mamlakat rasmiylari xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘radi
Tabiiy ofat zonasida qutqaruv ishlari qiyin kechmoqda, chunki tog‘li hududga yetib borish qiyin, u yerga vayronalarni tozalash uchun texnika va gumanitar yordam yetkazish ham mushkul bo‘lib turibdi. Qabilalar o‘rtasidagi nizolar vaziyatni murakkablashtiryapti. Ma’lum qilinishicha, so‘nggi to‘rt kun ichida mahalliy aholi asosan belkurak va yog‘och tayoqlar yordamida qarindoshlari va do‘stlarining jasadlarini o‘zlari qazib olishga harakat qilishgan.
Papua-Yangi Gvineya hukumati tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun xalqaro yordam so‘radi. 28 may kuni BMT tomonidan ushbu mavzuda videokonferensiya tashkil etishi rejalashtirilgan. Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning aytishicha, Germaniya o‘z hamkorlari bilan aloqada va qanday yordam berishi mumkinligini o‘ylayapti Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Xitoy ham yordam taklif qildi.
Mavzuga oid
22:11 / 09.02.2026
Sitsiliyadagi shahar ko‘chki tufayli jar yoqasiga kelib qoldi
20:21 / 10.07.2025
Hindistonda it 67 kishini ko‘chkidan qutqarib qoldi
07:51 / 28.06.2025
Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
15:50 / 30.05.2025