Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiya bosh vaziriga suiqasd qilgan shaxsning maqsadlari ma’lum bo‘ldi
71 yoshli Yuray Tsintula hech qanday radikal guruhga a’zo emasligi, biroq, hukumat faoliyatidan norozi bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
15 may kuni Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoga suiqasd qilgan Yuray Tsintula hech qanday radikal guruhga a’zo bo‘lmagan, ammo hukumatga qarshi namoyishlarda qatnashgan. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi rahbari Matush Shutay-Eshtok ma’lum qildi.
Shutay-Eshtok so‘zlariga ko‘ra, Tsintula «siyosiy voqealarda faol ishtirok etgan».
Suiqasdning sababi Fitso hukumati faoliyatiga nisbatan norozilik, jumladan, Ukrainaga harbiy yordam miqdorini qisqartirish, hukumatning RTVS media kompaniyasi faoliyatiga aralashuvi, maxsus prokuror ofisining tugatilishi yoki mamlakat sudyalar kengashi rahbarining lavozimidan ozod etilishi ekani aytilmoqda.
16 may holatiga ko‘ra, Robert Fitsoning ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Slovakiya mudofaa vaziri Robert Kaliniak jurnalistlarga «Biz hozircha g‘alaba qozonyapmiz, deb ayta olmaymiz, chunki to‘rtta o‘qdan yetkazilgan jarohatlar ko‘lami juda katta», dedi.
71 yoshli Tsintula qotillikka urinishda ayblangan va umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Uning o‘zi hujumni bir necha kundan beri rejalashtirganini tan olgan, biroq Fitsoni o‘ldirmoqchi bo‘lmaganini da’vo qilmoqda.
Mavzuga oid
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
12:20 / 28.02.2026
“Drujba” atrofidagi bahs: Zelenskiy Fitsoni Kiyevga taklif qildi
11:05 / 26.02.2026