Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan shaxs Telegram orqali turli xil mazmunidagi xabar (havola) jo‘natib, bu e’longa ishongan foydalanuvchilar karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali pullarni o‘g‘irlagan.
Xorazm viloyatida yashovchi M.M. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 1 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Sirdaryo viloyatida yashovchi N.Sh. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan N.Sh. Telegram orqali turli xil mazmunidagi xabar (havola) jo‘natib, bu e’longa ishongan foydalanuvchilarning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan N.Sh.ga nisbatan JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
18:23 / 14.10.2024
Qozog‘istonda Telegram ofisi ochiladi
23:45 / 11.10.2024
Kavkaz aholisi Ramzan Qodirovga qarshi postlardan keyin Telegram faoliyatida uzilishlar bo‘layotganini ma’lum qildi
01:17 / 11.10.2024
Durov «VKontakte» qanday yaratilganini so‘zlab berdi
12:02 / 09.10.2024