Jahon | 07:32 / 23.05.2024
2440
3 daqiqa o‘qiladi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Yevropa demokratiyasini himoya qilishga chaqirdi

Yevroparlamentga saylovlar oldidan Yevropa Ittifoqi ham tashqaridan, ham ichkaridan hujumga uchradi, dedi Annalena Berbok. Dezinformatsion kampaniyalar Yevropa demokratiyasining yuragiga qarshi qaratilgan.

Foto: Andreas Gora / Getty Images

Germaniya, Fransiya va Polsha gibrid tahdidlar oldida umumiy Yevropa xavfsizlik siyosatining dvigateli sifatida har qachongidan ham kuchliroq bo‘lishni xohlaydi. Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok 22 may, chorshanba kuni «Veymar uchburchagi» deb ataladigan shaklda fransuz va polshalik hamkasblari Stefan Sejurne va Radoslav Sikorski bilan maslahatlashuvlardan so‘ng: «Biz endi tashqi siyosatni avtopilotda olib borishga qodir emasmiz», dedi.

«Shuning uchun biz Veymar uchburchagi sifatida o‘zimizni Yevropa Ittifoqi sifatida to‘g‘ri joylashtirish va geosiyosiy jihatdan yanada qobiliyatli bo‘lish uchun harakatlantiruvchi kuch bo‘lishni xohlaymiz», deya qo‘shimcha qildi u. Yevroparlament saylovlaridan bir necha hafta oldin uch tashqi ishlar vaziri yevropaliklarni o‘z ovozlarini Yevropa Ittifoqidagi demokratiyani himoya qilish uchun ishlatishga chaqirdi. 

«Veymar respublikasi demokratik qoidalar nafratga qanchalik tez o‘z o‘rnini bo‘shatishini eslatib turadi», - dedi Germaniya TIV rahbari. Uning ta’kidlashicha, bugungi kuchli va barqaror Yevropa demokratiyasi ham baxt, ham avvalgi avlodlarning xizmatlaridir. Biz tushunishimiz kerak, dedi vazir, demokratiya osmondan tushmagan, balki kerak bo‘lsa, himoyamizga muhtoj. Berbokka ko‘ra, Yevropa Ittifoqi endi tashqaridan ham, ichkaridan ham hujumga uchramoqda. Yirik Yevropa saylovlari arafasida dezinformatsion kampaniyalar Yevropa demokratiyasining yuragiga qarshi qaratilgan. 

«Veymar uchburchagi» formati 

«Veymar uchburchagi» 1991 yilda Germaniya hukumati tashabbusi bilan tashkil etilgan. Dastlab, formatning maqsadi Polsha va boshqa Sharqiy Yevropa davlatlarini Yevropa Ittifoqi va NATOga yaqinlashtirish edi. Yillar davomida bu vazifa kamroq dolzarb bo‘lib qoldi, ammo «Veymar uchburchagi» formatidagi guruh 2022 yil fevral oyidan keyin tez-tez uchrasha boshladi. 

Mavzuga oid