BMT Boş assambleyasining yangi raisi Annalena Berbokning sözlariga köra, BMT tinçlikparvar kuçlarining iştiroki kelajakda Ukrainadagi uruşni tartibga solişning bir qismiga aylanişi mumkin. «Agar gap tinçlik şartnomasi haqida ketsa, uni iloji boriça himoya qiliş kerak böladi. Va agar a’zo davlatlarning köpçiligi buning uçun kök dubulğalilar kerak, desa, bu tinçlikni uzoq vaqt davomida ta’minlaşi mumkin», dedi Germaniya taşqi işlar vazirligining sobiq rahbari Bild am Sonntag haftaligiga bergan intervyusida.
Berbok birinçi navbatda tinçlik muzokaralari boşlanişi kerakligini ta’kidladi. Ukraina ittifoqçilari bir neça oydan beri ehtimoliy sulh yoki tinçlik şartnomasini ta’minlaş variantlarini muhokama qilmoqda, biroq Rossiya haligaça muloqotga kirişiş istagini körsatgani yöq.
2022 yil fevral oyidan beri Ukraina Rossiyaning keng kölamli qurolli bosqinini qaytarmoqda. Kiyev sulh tuzilsa yoki uruş tugasa, mamlakatga aniq xavfsizlik kafolatlari kerak bölişini ta’kidlamoqda. Harbiy ekspertlar va olimlarning fikriça, buning uçun, masalan, Yevropa ittifoqçilaridan yuz minglab askar kerak böladi. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining kök dubulğalilar missiyasi muqobil variant sifatida körib çiqilmoqda.













