O‘zbekiston | 12:52 / 23.05.2024
3604
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkiya Istanbulda siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazdi

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: "Dunyo" AA

Shu yil 20 may kuni Istanbul shahrida O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov va Turkiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nuh Yilmaz boshchilik qildi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Turkiya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi muloqotlar kun tartibini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish hamda parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Mavzuga oid