Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Andijonda mayning ferma tashkil etgan xonadonlar aniqlandi
Toshkent va Andijon shaharlarida mayning ferma tashkil etish oqibatida 396,2 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departament, DXX hamda “O‘zenergoinspeksiya” va elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikdagi nazorat tadbirlari davomida aniqlangan.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.R. o‘z uyining yerto‘lasida 4 ta to‘plamdagi Antminer va Bitmain Technologies mayning qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 236,7 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “Navbahor” hamda “Hamkorlik” MFY hududidagi xonadonda yashovchi ikki nafar fuqaro o‘z uylarida jami 11 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 159,5 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani fosh etilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Mavzuga oid
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
13:56 / 02.05.2025
1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi
08:16 / 17.02.2025
1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi
21:53 / 13.02.2025