Qoraqalpoğistonda kriptovaluta mayningga ixtisoslaşgan maxsus zona taşkil etilişi mumkin. Bu haqda «Qoraqalpoğiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlarni yanada jadallaştiriş töğrisida»gi prezident qarorida belgilab qöyilgan.
Qarorga köra, 2025 yil sentabrgaça Qoraqalpoğistonda mayning uçun maxsus zona taşkil etiş böyiça qaror loyihasi işlab çiqilişi lozim.
Maxsus zonada mayning uçun qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişga ruxsat etiladi. Maxsus zonadan mayning uçun yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda elektr energiyasidan foydalanilgan taqdirda maxsus tariflar qöllanadi.
2025 yil noyabrda qaror loyihasi belgilangan tartibda tegişli vazirlik va idoralar bilan kelişgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritilişi lozim.
Mayning — kriptovalutani (masalan, bitkoinni) «oliş» usuli hisoblanadi. 2023 yil oktyabrida mayning faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsatnoma beriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlangan.
Özbekistonda mayningni ruxsatnomasiz amalga oşiriş taqiqlanadi.













