Beeline Uzbekistan ishida uzilishlar kuzatilmoqda
Beeline Uzbekistan abonentlari internet xizmatlari va boshqa xizmatlar ishida uzilishlarga duch kelmoqda.

Foto: Beeline Uzbekistan
Beeline Uzbekistan aloqa operatori abonentlari 18 iyun kuni mobil internet bilan bog‘liq muammolar haqida xabar berdi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, tarmoqda avariya-tiklash ishlari o‘tkazilmoqda.
Ba’zi foydalanuvchilar SMS yuborish va qabul qilish imkonsizligi haqida ham xabar bergan. USSD xizmati ishlamoqda.
Shu sababdan ba’zi abonentlarda internet xizmatlari va boshqa servislar ishlashi bilan bog‘liq qisqa vaqtli uzilishlar kuzatilishi mumkin, deyiladi xabarda.
Yaqin orada xizmatlarning ishlashi to‘liq tiklanishi aytilgan.
Mavzuga oid

11:20 / 14.05.2025
Internetda bolalar himoyasi: Buni ta’minlashning imkoni bormi?

14:35 / 08.05.2025
Moskvada yashovchilar banklar, do‘konlar va taksilar ishida uzilishlarga duch kelmoqda

14:45 / 06.05.2025
Moskvada 9 maygacha internetga kirish cheklanishi mumkin

17:14 / 12.04.2025