08:16 / 20.06.2024
7308

Toshkentda Matiz yo‘l o‘rtasidagi beton ustunga borib urildi

2005 yilda tug‘ilgan haydovchi Ibn Sino ko‘chasida mashina rul boshqaruvini yo‘qotgan. U shifoxonaga olib ketildi.

Foto: IIBB YHXB

Toshkent shahar Shayxontohur tumani Ibn Sino ko‘chasi “Quvvat” kafesi qarshisida 19 iyun kuni soat 16:30 larda Matiz yo‘l o‘rtasidagi beton ustun bilan to‘qnashdi. 

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan R.J. avtomashinani boshqarib kelayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. 

Hodisa oqibatida haydovchi tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan.

Mavzuga oid
Top