Abdulla Aripov Urumchiga tashrif buyurdi
Abdulla Aripov va Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy boshchiligida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.
Joriy yilning 26-30 iyun kunlari Xitoyning Urumchi shahrida EKSPO “Xitoy-Yevrosiyo” sakkizinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur EKSPOda faxriy mehmon sifatida Qirg‘iziston bosh vaziri, Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari, shuningdek, 40 dan ortiq xorijiy hukumatlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, bosh vazir boshchiligidagi mamlakat hukumati delegatsiyasi mazkur tadbirda qatnashish uchun Urumchi shahriga tashrif buyurdi.
Bugun, 25 iyun kuni Urumchi shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy boshchiligida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.
Mavzuga oid
08:50 / 22.11.2024
200 mingdan ortiq fuqaro iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborilishi mumkin
12:08 / 20.11.2024
Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi
18:33 / 04.11.2024
Abdulla Aripov Shanxayda Xitoy bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
18:17 / 04.10.2024