Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxorodagi bog‘chada bolalardan birining otasi boshqa bolaga jarohat yetkazdi
Hozirda bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada bolaga jarohat yetkazilgani aytilayotgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani haqida xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yil 24 iyun kuni Buxoro viloyati Olot tumani tibbiyot birlashmasi navbatchi shifokori IIBga xabar berib, bog‘cha tarbiyalanuvchisi, 2019 yilda tug‘ilgan A.Yu. tan jarohati bilan olib kelinganini bildirgan.
O‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, 24 iyun kuni mazkur bog‘chada bo‘lgan A.Yu. 2019 yilda tug‘ilgan boshqa bola A.S. bilan urishgan. Shundan so‘ng A.S.ning otasi kelib A.Yu.ning yuziga urib, jarohat yetkazgan.
Qayd etilishicha, hozirda bolaga yetkazilgan jarohat darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
“Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Samarqand viloyati Toyloq tumani Sochak qishlog‘ida yashovchi erkak 6 yoshli o‘gay o‘g‘lini kamar bilan savalagandi.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026