Jahon | 21:12 / 03.07.2024
5708
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy Bayden saylovda qatnashish borasida «o‘ylovda qolgani»ni rad etdi

The New York Times gazetasi AQSh prezidenti Jo Bayden haqida shov-shuvli xabar tarqatdi. Unda aytilishicha, go‘yoki prezident yaqin odamlaridan biriga o‘zining saylovdagi ishtiroki yomon yakunlanishi mumkinligini tushunishini aytgan va saylovda kurashni davom ettirish-ettirmaslik bo‘yicha o‘ylovda qolgan.

Foto: Reuters

Oq uy yolg‘on deb atagan xabarda aytilishicha, Bayden u bilan gaplashgan o‘sha odamga keyingi ommaviy chiqishlari, xususan, ABC News telekanaliga beradigan 5 iyuldagi intervyusi yaxshi chiqishi saylovdagi imkoniyatlarini yaxshilashini aytgan.

NYT bilan gaplashgan yana bir manba Bayden debatdagi omadsizlikdan keyin uning oldida turgan siyosiy muammolarni yaxshi tushunib turganini aytgan.

27 iyun kuni Jo Bayden sobiq prezident Donald Tramp bilan saylov oldidan o‘tkazilgan teledebatda ishtirok etdi va bir necha marta gapini yo‘qotib, tutilib qoldi. Shundan keyin uning saylovda qatnashmasligi, demokratlar boshqa nomzod qidirayotgani haqida mish-mishlar ko‘paydi. Ammo Bayden ma’muriyati debatdan keyin u poygadan chiqmoqchi emasligini ma’lum qildi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid