Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaliq shahrida fotoradar o‘rnatilgan Cobalt YTHga uchradi
Piyodaga yo‘l berish uchun to‘xtagan Cobalt’ning orqa qismiga 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Lacetti kelib urilgan.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida ichki ishlar organi xodimi boshqaruvidagi Cobalt mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH 3 iyul kuni soat 17:30larda Olmaliq shahri hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida yuz bergan. Rossiya fuqarosi bo‘lgan 24 yoshli Sh.I. Lacetti mashinasini boshqarib borayotib, oraliq masofani saqlamagan. Buning oqibatida o‘zidan oldinda piyodaga yo‘l berish uchun to‘xtagan 34 yoshli Y.N. boshqaruvidagi fotoradar o‘rnatilgan Cobalt mashinasining orqa qismiga urilgan.
YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, mashinalar texnik shikastlangan. Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
14:07 / 08.06.2026
Toshkent viloyatidagi ikki shaharda hokimlar o‘zgardi
21:03 / 06.06.2026